Sirdaryoda Janubiy Koreyaning Sun moon universiteti filiali ochiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Janubiy Koreyaning Sun moon universiteti prezidenti Son Je Mun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, muloqot davomida 2023-yil dekabr oyida Sirdaryo viloyati vakillarining mazkur universitetga tashrifi samaradorligi alohida qayd etilgan. Son Je Mun Sirdaryoda universitet filialini tashkil taklifini bildirgan. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev oliygoh faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Guliston shahri tanlanganini maʼqullagan.
Taʼkidlanishicha, universitetda dastlab IT va sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan beshta dolzarb yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Universitetni sanoat tarmoqlariga tayyor mutaxassislarni tayyorlovchi taʼlim klasteriga aylantirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun taʼlim jarayonlari ishlab chiqarish bilan to‘liq integratsiya qilinadi.
“Muloqot yakunida tomonlar ilgari surilgan takliflar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishdilar. O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi”, — deyiladi hokimlik matbuot xizmati bergan xabarda.