Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yaponiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100 % gacha moliyalashtirilgan grant dasturi

5.11.2021 23:56
Yaponiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100 % gacha moliyalashtirilgan grant dasturi

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.meiji.ac.jp

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

Meiji universiteti - 1881-yil yanvar oyida tashkil etilgan Yaponiyaning yetakchi universitetlaridan biri. Meiji Yaponiyaning mashhur universiteti bo‘lib, Yaponiyaning zamonaviy mustaqil davlat sifatida rivojlanishiga yetakchi kadrlar tayyorlash orqali ulkan hissa qo‘shgan.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Meiji University Special Grant for Privately Financed International Students nomli grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa alohida ariza topshirish shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Zaruriy hujjatlar:

  • Motivatsion xat;
  • Maktab, kollej yoki litsey diplomi va ilovalari;
  • Rezyume;
  • Maqsad haqida shaxsiy bayonot (Statement of purpose);
  • Ikkita tavsiyanoma xati.

Til talabi:

  • Talabalar ingliz tilida yozma va og‘zaki nutqni yaxshi darajada bo‘lishi kerak.

Dasturning manfaatli tomonlari:

  • Muvaffaqiyatli talabalar Meiji Universitetida o‘qish to‘lovlarining 50% yoki 100% miqdorida subsidiya oladilar.

Batafsil bu yerda