Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi va $30 000 stipendiya!

26.04.2022 10:57
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi va $30 000 stipendiya!

Muddati:

07.09.2022

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

shorensteincenter.org

Grant turi:

Malaka oshirish

Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi va $30 000 stipendiya!

AQSHning Garvard universiteti tarkibidagi Harvard Kennedy School oliygohi Joan Shorenstein Fellowship Program dasturida "ichki yoki xalqaro arenada medianing siyosat yoki davlat siyosatiga ta’siri" mavzusida tadqiqot olib borishga taklif qiladi.

Kimlar uchun: jurnalist, siyosatchi va ushbu sohadagi olim va professor-o‘qituvchilar uchun.

Davomiyligi: 2023-yil fevral-may.

Nomzodlar uchun talablar:
-Nomzod oxirgi 2 yilda shu kabi grantlarda qatnashmagan bo‘lishi;

-Soha bo‘yicha chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lishi.

Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

G‘oliblar uchun imkoniyatlar:
-$30000 miqdorida mablag‘ ajratiladi;
-Garvardda tadqiqot olib borish uchun ish xonasi va barcha kerakli resurslar bilan ta’minlanadi;
-Alohida haq evaziga assistent bo‘lib ishlash mumkin (haftasiga 10 soat).

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2022-yil, 7-sentabr.

Batafsil.