Junior Professional Associates : Jahon bankida amaliyot o‘tash hamda ishlash imkoniyati
Rasmiy havola:
Grant turi:
Internship, Malaka oshirish
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Umumiy Ma’lumotlar:
Jahon bankining Junior Professional Associates dasturi (JAP) jahon bankining yoshlarga boshlang‘ich darajadagi kasbiy imkoniyatlarni taqdim etish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilgan. Jahon bankining Junior Professional Associates (JAP) dasturida yosh mutaxassislar zamonaviy dunyoning rivojlanish yo‘lida yangi va zamonaviy muammolari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishadi. Bu xalqaro Junior Professional Associates dasturi oliygoh bitiruvchilari va yosh mutaxassislarga tajribali jahon banki a’zolari bilan ishlashda ularning sifat va tahliliy qobiliyatlari va texnik bilimlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Dasturning afzalliklari:
- Tanlangan talabgorlarga raqobatbardosh maosh beriladi;
- Jahon banki bilan ikki yillik shartnoma;
- Boshlang‘ich rivojlanish institutida karerasini boshlash imkoniyati;
Dastur uchun qo‘yilgan talablar:
- 28 yoshda yoki undan kichikroq bo‘lish;
- Bakalavr darajasi yoki uning ekvivalentiga ega bo‘lish;
- Ingliz tilidan yaxshi bilishi;
- Jahon bankining boshqa rasmiy tillarini(arab, xitoy,fransuz,rus, portugalva ispan) bilish ustunlik beradi;
Hujjat topshirish;
- Ariza Jahon bankining rasmiy veb -saytida onlayn tarzda topshiriladi;
- Barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishda ehtiyot bo‘ling. Noto‘g‘ri ma’lumotlar diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin;
Kerakli Hujjatlar:
- Rezyume(CV);
- Tajriba sertifikati (agar ushbu sohada tajribaga ega bo‘lsa);
- Ta’lim to‘g‘risidagi guvohnoma va ma’lumotnoma;
- Til bilish sertifikati;
- Biriktirilgan xat(Cover letter);
Eslatma: Dasturga yil bo‘yi hujjat topshirsanggiz bo‘ladi!
Dasturga aloqador barcha ma’lumotlar bilan rasmiy sahifa orqali batafsil tanishib chiqing.