Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Kent State University" : AQSH da bakalavriatura bosqichida 5000$-15000$ grant asosida o‘qish imkoniyati

29.08.2021 00:05

Muddati:

01.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.kent.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

AQSHda joylashgan top universitetlarning biri bo‘lgan "Kent State University" tomonidan chet ellik bakalavriat bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun o‘z grantlarini e’lon qildi. 2022-yilning bahorgi bakalavriat bosqichi uchun uchun ro‘yxatdn o‘tib universitetga qabul qilining va 5000$-15 000$ miqdordagi grant sohibiga aylaning. Grant universitetning chet ellik talabalari uchun mo‘ljallangan. Grantning maqsadi - chet ellik talabalarga AQShda o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish. Grantni universitetning har qanday bakalavriat dasturida o‘qish uchun olish mumkin.

Dasturga qabul muddati: 2020 yil 1 oktabr

Dasturning manfaatli jihatlari:

  • $ 5,000 - $ 15,000 miqdorga kontrak to‘lovlari uchun grant ajratilgan;

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Grantlar Kent davlat universitetining bakalavriat dasturlaridan birida tahsil olayotgan chet ellik abituriyentlarga berilishi mumkin;

2. GPA 4 ballik tizim bo‘yicha 3.0 dan kam emas;

3. Kent davlat universitetining bakalavriat dasturiga qabul qilinish;

4. Ingliz tilini mukammal bilish talab qilinadi (TOEFL - 525 (71 - Internet -test), MELAB - 75 dan kam emas, yoki PTE Academic ball - 48).

Grant olish uchun alohida ariza yo‘q, chet ellik talabalar universitetga belgilangan muddatdan oldin kirgan taqdirda avtomatik ravishda stipendiya talabgorlari sifatida qaraladi.

Kuzgi semestrning oxirgi muddati - 1 aprel Bahorgi semestrning oxirgi muddati - 1 oktyabr

Batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy sahifasidan bilib olishinggiz mumkin.