Keystone Scholarships 2021: Umumiy qiymati 22 000 AQSH dollariga teng grant dasturi

14-aprel 02:42
Keystone Scholarships 2021: Umumiy qiymati 22 000 AQSH dollariga teng grant dasturi

Muddati:

31.05.2021

Rasmiy havola:

www.academiccourses.com

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Grant haqida qisqacha:

Ushbu grant dasturi Keystone Academic Solutions kompaniyasi tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavr yoki magistratura darajasida o‘qishni istagan xalqaro nomzodlarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Kimlar uchun:

18 yoshdan katta bo‘lgan va bakalavriat yoki magistratura dasturining to‘liq shaklida (full-time) o‘qishni rejalashtirgan xalqaro talabalar uchun.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Ushbu dastur 2021-o‘quv yili uchun umumiy 22 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratadi va ushbu qiymatni dastur g‘oliblariga quyidagicha taqsimlaydi:

  • To‘rt nafar bakalavr talabalarining har biri qiymati 2000 AQSh dollar miqdorida qo‘lga Keystone stipendiyalarini qo‘lga kiritadilar;
  • Ikki nafar magistrantlarning biriga 10 000 AQSh dollari, ikkinchisiga esa 4000 AQSh dollari qiymatida taqsimlanadi.
  • Yuqoridagi summalar g‘oliblarning o‘quv dasturi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga to‘lab beriladi.

Grant uchun ariza topshirish:

  1. Ushbu grant dasturiga ariza topshirish uchun dastlab Keystone Academic Solutions vebsaytining StudentHub portaliga bu yerdagi onlayn ariza formasini to‘ldirish orqali a’zo bo‘ling;
  2. Ma’lumotlaringizni portal tomonidan tavsiya etilgan oliygohlardan kamida biriga yuboring;
  3. StudentHub portaliga kiring va 2021-yil 31-may sanasigacha Keystone stipendiyasi uchun ariza topshiring;
  4. Portal tavsiya qilgan oliygohlardan biridan kelgan qabul qilinganlik to‘g‘risida xat (admission letter) ni Keystone Academic Solutions ga yuboring.
  5. Universitetda o‘qishni moliyalashtirishga yordam beradigan oltita stipendiyadan birini qo‘lga kiriting!

Batafsil bu yerda