Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega o‘quv yili boshida chiqarilmaydi?

14.10.2023 21:09
Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega o‘quv yili boshida chiqarilmaydi?

Kirish imtihonlarida qaysi yo‘nalishda qaysi fandan imtihon olinishi belgilanadigan fanlar majmuasini Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilishi kerak.

O‘tgan yili bu majmua dekabr oyi oxirida tasdiqlanib e’lon qilingan.

Qonunchilikda imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi, deyilgan.

❗️Ya’ni "kamida 6 oy oldin", undan oldinroq, masalan, sentyabrda yangi o‘quv yili boshlanishi bilanoq e’lon qilish ham mumkin. Abituriyentlar ham shu paytdan tayyorgarlik boshlashadi, aslida. Yilning o‘rtasida e’lon qilinib, ba’zi yo‘nalishlarda fanlar o‘zgarib ketsa, kimga qiyin — abituriyentga qiyin bo‘ladi.