KOICA: Koreyada magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant, bepul turar-joy, sug‘urta, aviachipta, oylik stipendiya va boshqa bir qator bonuslar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
KOICA tashkiloti haqida qisqacha:
Korea International Cooperation Agency qisqartirilgan shakli KOICA - hukumatning grant yordam va texnik hamkorlik dasturlarini amalga oshirish orqali rivojlanayotgan hamkor mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida davlat tashkilot sifatida Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 1991 yilda tashkil etilgan.
Grantning maqsadi:
KOICA Scholarship Program dasturining asosiy maqsadi - hamkor mamlakatlar davlat xodimlari orasidan o‘z mamlakatining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga yordam berish. O‘zbekiston ham hamkor davlatlar tarkibida bor.
Grantga kimlar ariza bera oladilar:
- Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining hukumati tomonidan KOICA dasturida qatnashish uchun rasman tavsiya etilgan bo‘lishlari kerak;
- O‘zbekiston Respublikasining hukumati tomonidan KOICA dasturida qatnashish uchun rasman tavsiya etilgan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari grantga ariza bera oladilar:
- Davlat xizmatchilari;
- Davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari,
- Banklar, tadqiqot institutlari xodimlari,
- Davlat maktablari o‘qituvchilari;
- Nomzodlar kamida ikki yillik rasmiy ish amaliyotiga ega bo‘lishlari kerak;
- Nomzodlar aqliy va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari kerak, ammo jismoniy sog‘lomlikda uncha katta bo‘lmagan nuqsoni bor nomzodlar ham qatnashishlari mumkin;
- Nomzodlar bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lishi kerak;
- Nomzodlar ingliz tilini og‘zaki va yozma yaxshi bilishi, to‘liq ingliz tilida olib boriladigan darslar va akademik ma’ruzalarni tushinish hamda tezislar yozish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
- Xalqaro NNT (Nodavlat Notijorat Tashkilotlar) xodimlarini ikkilamchi tavsiyanomani taqdim etilgan taqdirda qatnashishlarni mumkin;
- Nomzodlar KOICA dasturidan avval chetlatilmagan bo‘lishlari kerak;
- Ilgari Koreya Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilgan magistratura grant dasturlarida qatnashmagan bo‘lishlari kerak;
- Boshqa talablarni tanlagan magistratura dasturingiz talalabnomasidan tekshirib olishingiz tavsiya etiladi.
Eslatma: Nomzodlar grantga ariza berish bilan bir qatorda quyida nomlari keltirilgan KOICA dasturi hamkor universitetlaridan biri taklif etayotgan magistratura dasturlaridan biriga ham ariza berishlari kerak.
Hamkor universitetlar va ular taklif etayotgan o‘quv dasturlari (universitetlar nomi o‘ngda):
1. Response to Climate Change - Hallym University;
2. Social Economy - KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology);
3. ICT Techno Policy - Soongsil University;
4. Public Management and Public Sector Reforms - Seoul National University;
5. Agricultural Economics - Kangwon National University;
6. Agricultural Production - Kyungpook National University;
7. Urban and Regional Development - University of Seoul;
8. Health Policy and Financing Capacity Building - Yonsei University;
9. Energy Science and Policy - Ajou University.
10. Gender and Rural Community Development (for Women) - Yonsei University;
11. Finance and Tax Policy - Korea University;
12. Gender and Development - Seoul National University;
13. Public Administration (Local Government) – SungKyunKwanUniversity;
14. Trade and Industrial Policy for Sustainable and Inclusive Growth - KDI (Korea Development Institute) School;
15. Aviation Management - Korea Aerospace University.
Yuqoridagi kurslar, ularga ariza berish va ularning talablari borasida to‘liq ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Dasturning manfaatli jihatlari:
- O‘quv dasturi to‘lovi (tuition fee) to‘liq qoplanadi;
- Oylik KRW 999,000 (taxminan 880-890 AQSH dollari) stipendiya;
- Bepul turar-joy;
- Bepul sug‘urta;
- Nomzodlar Koreya davlatiga kirib joylashishlari uchun qilinadigan xarajatlarni qolash uchun bir martalik KRW 600,000 (taxminan 530 AQSH dollari) miqdorida stipendiya;
Boshqa qo‘shimcha bonuslar va istisno holatlarni dasturning rasmiy yo‘riqnomasini bu yerdan yuklab olish orqali bilib oling!
Dasturga xujjatlar yuborish yo‘riqnomasi va tugash muddatlari:
Tasdiqlangan arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati - 2021-yil 26-mart bo‘lib undan so‘ng jarayon quyidagi bosqichlarda davom etadi:
1-bosqich - KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida suhbat: 29.03.2021 dan 02.04.2021 gacha;
Natijalarni e’lon qilinishi - 05.04.2021;
2-bosqich - KOICA bosh ofisi va universitetlar tomonidan nomzodlar tomonidan kelgan hujjatlarni ko‘rib chiqish - 08.04.2021 dan 21.04.2021 gacha
Natijalarni e’lon qilinishi: 26.04.2021;
3-bosqich - Universitetlar tomonidan suhbat va yozma imtihonning o‘tgazilishi - 28.04.2021 dan 12.05.2021 gacha
Natijalarni e’lon qilinishi: 14.05.2021
4-bosqich - Tanlab olingan nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tgazish - 17.05.2021 - 18.06.2021 gacha
Natijalarni e’lon qilinishi: 23.06.2021
Grant dasturi uchun zaruriy hujjatlar:
1) To‘ldirilgan KOICA ariza shakli
2) Nomzod hodimlar uchun hukumat tomonidan berilgan tavsiya xati;
3) Hujjatlarni tekshirish ro‘yxati (контрольный список документов);
4) Universitet uchun talab qilinadigan hujjatlar va tanlangan kurs uchun taqdim etilgan ariza shakli.
Yuqoridagi KOICA hamkor universitetlari tomonidan taklif etilayotgan o‘quv kurslari va ularning talablari borasida to‘liq ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Magistratura dasturlari tog‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel. raqami: +99890 045 4228 Elektron manzili: koica.sp@gmail.com
Eslatma: Grant uchun zaruriy hujjatlarning barchasi KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yuboriladi
KOICA grant dasturi uchun ariza topshirish niyatida bo‘lgan barcha nomzodlarga Oliygoh.uz jamoasi omad tilab qoladi!