Kollej va texnikum oʻquvchilari uchun stipendiya joriy etilishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Professional ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
✅ Loyihaga koʻra, dual taʼlim shaklini joriy qilgan professional taʼlim muassasalariga ichki imkoniyatidan kelib chiqib oʻquvchilar uchun stipendiya yoki moddiy ragʻbatlantirishlar joriy etish vakolati beriladi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat bilan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklini joriy qilish imkoniyatini kengaytirish va ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish mo‘ljallanmoqda.
Qayd etilishicha, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Professional ta’lim muassasasi o‘quv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin. Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sotishdan hamda bo‘sh turgan bino, inshootlar, o‘quv-tajriba maydonlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari va xomashyo materiallari, xorijiy adabiyot va o‘quv qo‘llanmalarni xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va rag‘batlantirish, o‘quvchilarga stipendiya to‘lash uchun mustaqil sarflash huquqlari beriladi.
2022 yil 1 sentyabrdan boshlab to‘liq yoki qisman davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi.
Unga muvofiq, kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi, psixologi, yoshlar yetakchisi va tarbiyachisining bazaviy tarif stavkalari umumta’lim muassasalari tegishli xodimlari bazaviy tarif stavkalariga, kasb-hunar maktabi birinchi malaka toifasiga, ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va malaka toifasiga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishli ravishda umumta’lim muassasalari ikkinchi malaka toifali o‘qituvchisi, oliy ma’lumotli o‘qituvchisi va o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.