Global Korea scholarship: Janubiy Koreyada bakalavr bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi
Muddati:
20.10.2021
Davlat:
Janubiy Koreya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Global Korea Scholarship - talabalar uchun bakalavr bosqichini Janubiy Koreada o‘qish imkoniyatini taqdim etuvchi grant dasturi. Dastur davomida talabalar Koreada bepul o‘qiydilar va yo‘l va yashash xarajatlari qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar. Dastur bakalavr bosqichida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun 4 yildan 6 yilgacha davom etadi, bunda 1-yil faqat koreys tili o‘rgatiladi.
Embassy Track - har yili 67 ta davlatdan 125 ta talaba uchun grant;
University Track - 72 ta davlatdan jami 60 ta Natural Science and Engineering sohasida o‘qimochiqchi bo‘lganlar uchun grant
Talablar:
- Nomzodlar va ularning ota-onasi Koreya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
- 25 yoshdan kichik bo‘lishi lozim, 1996-yil 1-martdan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak;
- Maktab yoki kollej/litseyni 2021-yil 1-martgacha a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi lozim;
- Tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi shart.
Talablar haqida batafsil shu yerdan bilib oling.
Imtiyozlar:
- Safar uchun ekonom klass aviachipta beriladi;
- Joylashib olish uchun 200,000 KRW;
- Har oy 900,000 KRW stipendiya;
- Koreys tilini bilsa, oyiga 100,000 KRW (Topic 5 yoki 6);
- Daraja yakunlanganda 100,000 KRW;
- Til o‘rganishi uchun 1,000,000 KRW;
- Kontrakt to‘lovi uchun 5,000,000 KRW;
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
Kerakli hujjatlar:
- To‘ldirilgan ariza shakli;
- Shaxsiy bayonot/Personal Statement;
- O‘qish rejalari/Study plan;
- Tavsiyanoma;
- Tibbiy ma’lumotnoma;
- Pasport nusxasi
- Maktab yoki kollej/litseyni tamomlaganlini tasdiqlovchi hujjat va uning baholari;
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat.
Barcha hujjatlar ingliz yoki koreys tilida bo‘lishi lozim
ESLATMA! Ariza topshirish sanalari universitet va bo‘limlarga qarab farq qiladi. Agar ariza topshirish bo‘yicha savolingiz bo‘lsa, tanlagan universitet yoki bo‘lim bilan bog‘laning.
Ariza topshirish uchun shu yerga kiring.
Batafsil rasmiy havola orqali tanishib chiqing.