Litseylarga hujjat topshirish 1 iyundan 30 iyungacha davom etadi – qaror loyihasi
22.04.2023 23:04
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:
- akademik litseylarga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1 iyundan 30 iyunga qadar bepul amalga oshiriladi;
- abituriyent o‘zi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30 iyundan so‘ng o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.
Shuningdek:
- imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) o‘tkaziladi;
- imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;
- dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
- abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda to‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.