Litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.
Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:
- kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
- litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
- so‘nggi 5 yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
2025 yil 1 yanvardan:
- ➖nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
- ➖oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan:
- akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
- kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
- abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
- talabaning taʼlim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
- oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan:
- OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
- umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.