Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

LSE Master’s Awards: London oliygohlaridan birida magistratura bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

12.03.2021 03:02
LSE Master’s Awards: London oliygohlaridan birida magistratura bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

Muddati:

30.04.2021

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

www.lse.ac.uk

Grant haqida qisqacha:

London Iqtisodiyot va Siyosatshunoslik oliygohi (LSE) magistratura bosqichi talabalariga oliygohda o‘qishlari uchun LSE Master’s Awards grant dasturi mukofotlarini (LMA) taqdim etadi. Ushbu grant mukofotlari LSEda magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan, ammo moliyaviy tomondan o‘qish uchun imkoniyati past bo‘lgan talabalarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

See the source image

Kimlar uchun:

LSE da o‘qitiladigan magistrlik dasturlaridan birida o‘qish uchun taklif qilingan xalqaro talabalar uchun. Kam va o‘rta daromadli mamlakatlardan bo‘lgan nomzodlar uchun ushbu grantni yutib olish imkoniyati ko‘proq.

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga ta’lim pulini qoplash uchun 5000 funt (qariyb 7000 AQSh dollar) dan 100% gacha grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ariza topshirish:

Nomzodlar avvalo universitetning sentyabr oyida boshlanishi ko‘zda tutilgan magistratura bosqichi kurslaridan biriga bu yerdan ariza topshirishlari kerak. Undan so‘ng, bu yerdan grant dasturi uchun ham alohida hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatma: To‘liq ma’lumot uchun ushbu rasmiy saytga tashrif buyuring