Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

LPI Summer Internship: AQSHda barcha xarajatlar qoplanadigan 3 oylik yozgi amaliyot dasturi-$7 300 stipendiya

24.10.2021 22:50
LPI Summer Internship: AQSHda barcha xarajatlar qoplanadigan 3 oylik  yozgi amaliyot dasturi-$7 300 stipendiya

Muddati:

13.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.lpi.usra.edu

Grant turi:

Internship

Umumiy Ma’lumotlar:

"LPI Summer Internship in the United States 2022": Hozirda AQSH Xyuston shtatidada bo‘lib o‘tadigan to‘liq moliyalashtirilgan LPI yozgi amaliyoti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Barcha davlat fuqorolari ushbu 10 hafta davom etadigan amaliyot dasturiga ariza topshirishlari mumkin.

Amaliyot Sohalari:

Fizika yoki tabiiy fanlar, muhandislik, informatika yoki matematika yo‘nalshlarida tahsil olayotgan talabalar uchun qabul qilinish ehtimoli yuqoriroq , lekin barcha boshqa yo‘nalishlardagi barcha talabalar ham topshirsa bo‘ladi.

LPI yozgi amaliyotning afzallilari:

AQShda LPI yozgi amaliyoti - bu to‘liq moliyalashtirilgan amaliyot. Barcha xarajatlar qoplanadi.

  • Barcha stajyorlar dastur bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 7,300 AQSh dollarigacha stipendiya oladi;
  • Aviachiptalar taqdim etiladi;
  • 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan sayohat xarajatlari xalqaro stajyorlarga beriladi;
  • Uy -joy va yashash xarajatlari qoplanadi.

Muvofiqlik mezonlari:

  • Barcha mahalliy va xorijiy talabalar ariza topshirishlari mumkin.
  • Talabalar 10 haftalik stajyor bo‘lishga tayyor bo‘lishlari kerak.
  • Barcha sohalardagi talabalar ariza topshirishlari mumkin, ammo matematika, informatika, tabiiy yoki fizika fanlari, muhandislik fanlari bo‘yicha mutaxassisliklarga ega bo‘lgan talabalar ustuvor bo‘ladi.
  • Nomzodlar jinsi, yoshi, rangi nogironligi yoki diniy kamsitishlarsiz ko‘rib chiqiladi.
  • IELTS/TOEFL til bilish sertifikatlari bo‘lishi zarur ammo agar siz universitetingizdagi ingliz tili professori tomonidan ingliz tilini bilishinggiz haqida sertifikati/ma’lumotnomani olsangiz talab qilinmaydi.

Eslatma:Ariza topshirish jarayoni onlayn. Onlayn arizani to‘ldirishingiz va hujjatlarni yuklashingiz kerak. Ariza topshirish uchun LPI USA amaliyotining rasmiy veb -saytiga tashrif buyuring .

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2021 yil 13 -dekabr;