Majburiy blok fanlari joriy yilda 15 tadan bo‘ladimi?

07.02.2023 09:54
Majburiy blok fanlari joriy yilda 15 tadan bo‘ladimi?
Tarix fanini videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.
– Registon o‘quv markazi

Joriy yilda majburiy fan bloklaridan 10 tadan test beriladimi yoki 15 tadan?Ma’lumki, karantin sabab savollar soni qisqartirilgan edi va aslida 15 ta bo‘lishi kerak bo‘lgan majburiy blok fanlari 10 taga tushirilgan edi. Hozir karantin yo‘q. Savollar soni ko‘paytiriladimi?

Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanalida DTM direktor o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan ovozli chatda ma’lum qilindi. Sardor Rajaboning aytishicha, bu narsa Davlat test markaziga bo‘gliq emas. Bu davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Direktor o‘rinbosarining ta’kidlashicha, normaga ko‘ra 10 tadan emas 15 tadan bo‘lishi kerak, chunki 10 ta test bilan abituriyent bilimini aniqlash sal qiyinroq. Shu sbabli ham 15 taklif etilgan edi avvaldan.

Agar bu tartib Davlat qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib o‘zgartirilsa xabar qilamiz, fanlar majmuasi bilan birgalikda e’lon qilinadi deya qo‘shimcha qildi Sardor Rajabov. Afsuski, fanlar majmuasi ushbu suhbatdan keyin allaqachon e’lon qilindi, majburiy fanlar savollari soni haqida hechqanday aniq yangilik ma’lum qilinmadi.