Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi

06-oktabr 03:10
Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi

Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi

Prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-152-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi. Ushbu farmon maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va bolalarning bilim olish, kognitiv ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • Kichik va o‘rta guruhlar bolalarida kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
  • Katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalarida bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqiladi.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:

  • Bog‘chalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi.
  • Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat beriladi.

2025-yil 1-avgustga qadar:

  • Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va o‘quv-metodik materiallar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi va ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
  • Ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma’lumotlari joylashtiriladi.