Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Mariya Sklodovskaya-Kyuri stipendiyasi

4.04.2022 21:35
Mariya Sklodovskaya-Kyuri stipendiyasi

Muddati:

01.09.2022

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

www.bristol.ac.uk

Grant turi:

Malaka oshirish

Bristol universiteti Angliyadagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Bu dunyodagi eng yaxshi 40 universitet va Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi o‘nta universitetdan biridir.
Bristol universiteti 2022-2023 o‘quv yili uchun Mariya Sklodovskaya-Kyuri stipendiyasini taklif qilmoqda. Grantlar Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan nomzodlarga tadqiqot va innovatsiyalarning barcha sohalari uchun beriladi. Grantlar Bristol universitetida 12 - 24 oylik tadqiqot uchun to‘lanadi. Loyihalarda uchinchi shaxslarning (muzeylar, NNTlar, arxivlar, xayriya fondlari) ishtirok etishiga ruxsat etiladi.
Grantning maqsadi Yevropa va Yevropa Ittifoqida ishlash istagi bor boshqa mamlakatlardan kelgan eng yaxshi tadqiqotchilarning malakasi va ijodkorligini oshirishdan iborat.

Grant miqdori.

Grant quyidagilarni taqdim etadi:
▪️Turar joy - €55,800 (koeffitsient bilan €67,127)
▪️Boshlang‘ich mablag‘ — oyiga 600 yevro + oila uchun oyiga 500 yevro (agar stipendiya egasining oilasi bo‘lsa);
▪️konferensiya va seminarlarda qatnashish uchun to‘lov – oyiga €650;
▪️Favqulodda vaziyatlar uchun to‘lov - oyiga €800.

Talablar:
▪️Grantlar barcha fanlar boʻyicha ilmiy izlanishlar uchun mavjud.
▪️Nomzodlar fan doktori yoki ilmiy tadqiqot tajribasiga (kamida 4 yil) ega boʻlishi kerak.
▪️Tadqiqot loyihalarida nafaqat tadqiqotchilar, balki uchinchi shaxslar, masalan, muzeylar, arxivlar, NNT, xayriya tashkilotlari ham ishtirok etishi mumkin.

Qanday qilib stipendiyani qo‘lga kiritish mumkin? Grant olish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
▪️Ilmiy rahbar topish va u bilan bog‘lanish;
▪️Ariza topshirish va rezyume taqdim etish.
Komissiya arizani ko‘rib chiqadi va tadqiqot mavzusi Bristol universitetining tanlangan fakulteti uchun mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlaydi.

Oxirgi muddat: 2022-yil, 1-sentabr.

Teglar