Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan videorolik tanlovida qatnashib zamonaviy smartfon yutib olish imkoniyati

14.10.2021 11:33
Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan videorolik tanlovida qatnashib zamonaviy smartfon yutib olish imkoniyati

Muddati:

26.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

finlit.uz

Grant turi:

Tanlovlar

Markaziy bank “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Siz yoshingiz 7 va 25 yosh orasidami? Siz video suratga olishni yoqtirasiz va ishlaringiz maksimal darajada hamma uchun foydali bo‘lishini xohlaysizmi? Siz pul yig‘ishni bilasizmi va bank omonatlari to‘g‘risida barchasini bilasizmi? Unda ushbu imkoniyat siz uchun!

Markaziy bankning yoshlar o‘rtasida “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida o‘tkazilayotgan videoroliklar tanlovida ishtirok eting. Aynan nima sababdan ushbu investision vosita eng xavfsiz va daromadli ekanligining barchaga yetkazing!

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:

  • 1 o‘rin – smartfon;
  • 2 o‘rin – smart soat;
  • 3 o‘rin – Markaziy bankning kumush tangasi

Kimlar uchun: Tanlov ikkita yosh kategoriyasi bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • 1 kategoriya – 7-14 yosh;
  • 2 kategoriya – 15-25 yosh.

Demak, g‘olib bo‘lish uchun:

  1. “Onlayn omonat afzalliklari” mavzusida 1 daqiqagacha bo‘lgan informativ videorolik suratga olish;
  2. Ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish;
  3. Joriy yil 26-oktyabrga qadar ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (elektron pochta mavzusida “WSD videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart);
  4. Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish zarur

Tanlovga ariza va ishlar 2021-yil 11-oktyabridan 26-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlov qoidalari haqida batafsil ushbu havola orqali ma’lumot olishingiz mumkin.