Matematika va kimyo fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, matematika va kimyo fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
- Geokimyo
- Kimyo
- Kimyo o‘qitish metodikasi
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi
- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
- Metallurgiya
- Neft va gaz kimyosi
- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
- Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
- Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi
- Suv xo‘jaligida ekologiya va xavfsizlik