“Media bo‘yicha ilk saboqlar” kursida bepul ishtirok etish imkoniyati
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Amerika elchixonasi barcha uchun bepul "Media bo‘yicha ilk saboqlar" kursini e’lon qiladi.
Qabul qilayotgan axborotlarimizni to‘g‘ri baholay olish bugungi kunda juda muhimdir. Agar biz maʼlumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish qobiliyatini o‘zimizda shakllantirsak, ularni ishonchli va soxtaga, foydali va foydasizga ajrata olamiz. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda “Media bo‘yicha ilk saboqlar” deb nomlanuvchi ushbu kurs sizga yordam beradi.
“Media bo‘yicha ilk saboqlar” online kursida axborotni to‘g‘ri baholay olish va ularda uchraydigan yashirin reklamalarni payqash, fikr va faktlarni ajrata olish, soxta xabarlar va “hype” maʼlumotlarni aniqlash hamda to‘g‘ri axborot yarata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.
Davomiyligi:
"Media bo‘yicha ilk saboqlar" kursi 1 oy mobaynida haftada 2 marta "Zoom" platformasi orqali onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi.
Darslar o‘zbek tilida olib boriladi va 1-noyabrdan boshlanadi.
Kurs haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi elektron pochtaga yoki Telegramga savollaringizni yozishingiz mumkin:
- @YRahmatova (telegram)
- skaneruz@gmail.com
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.