Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

METI Government of Japan (Japan Internship Program) - Yaponiyada barcha talabalar hamda bitirganlar uchun 2 oylik amaliyot dasturi

23.08.2021 22:48
METI Government of Japan (Japan Internship Program) - Yaponiyada barcha talabalar hamda bitirganlar uchun 2 oylik amaliyot dasturi

Muddati:

31.08.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

internshipprogram.go.jp

Grant turi:

Bakalavriatura

METI Government of Japan (Japan Internship Program) - Yaponiyada barcha tajribali, bilimli hamda yaxshi xulq atvorga ega bo‘lgan barcha bosqich talabalari yoki bitirgan talabalar uchun 2 oylik amaliyot dasturi hisoblanadi. Bu dasturga quyidagi davlat fuqorolari topshirishi mumkin (O‘zbekiston ham mavjud). Jami 200 ga yaqin amaliyotchi tanlab olinadi

Qabul Muddati:

Dasturga qabul asosan yilda 2 marotaba :

  • Course A uchun 4-maydan 30-iyungacha;
  • Course B uchun 4-maydan 31-avgustgacha;

Amaliyot dasturi quyidagi 6 davlatlardan birida o‘taladi: Course A- Hindiston, Kambodja, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vietnam. Course B- o‘z uyidan turib (onlayn)

Amaliyot dasturi quyidagi muddatlarda bo‘lib o‘tadi:

Course A 10- avgustdan 8- oktabrgacha 2021 yil;

Course B 25-oktabrdan 22- dekabrgcha 2021 yil.(Taxminan ikkala kurs ham 35 kunni tashkil etadi);

Dastur uchun Talablar:

  • Ushbu davlat fuqorolari bo‘lishi lozim (O‘zbekiston ham mavjud);
  • Kuniga 4 soatdan haftada 5 kun ishlashga imkoniyati bo‘lishi lozim;
  • Yapon til serifikati -N3 bo‘lishi yoki Ingliz tili bizness darajada bilishi zarur;

Kerakli Hujjatlar:

  • Talabalar uchun tavsiyanoma;
  • Oliygohni bitirganlar uchun diplom ilovasi;
  • Qo‘shimcha amaliyot dasturlarida olgan sertifikatlari (agar bo‘lsa);
  • Ushbu amaliyot dasturida birinchi marotaba qatnashayotgan bo‘lishi lozim;

Qabul Jarayoni:

  • Rasmiy web sahifa orqali ro‘yxatdan o‘ting;
  • Birinchi bosqichda hujjatlar qabul qilinsa keyin 2ta onlayn intervyu bo‘lib o‘tadi(Ingliz yoki Yapon tilida);
  • Nomzoddan keyin qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin (Til sertifikatlari universitet baholari, tavsiyanomalar, rasm va boshqalar);

Dasturning Foydali jihatlari:

  • Kunlik 40 000 Yen(365 $) (Faqatgina Course A uchun);
  • Sug‘urta (Faqatgina Course A uchun);
  • Ajoyib ish atmosferasi hamda PC va Simli aloqa vositasi(Course A);
  • Aloqa uskunalari qarzga beriiladi :PC , Wifi, telefon (Course B);

Batafsil Shu Yerdan bilib oling.