Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Milan texnika universiteti stipendiyalari

21.04.2022 11:39
Milan texnika universiteti stipendiyalari

Muddati:

26.05.2022

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

www.polimi.it

Grant turi:

Magistratura

Milan texnika universitetining tabiiy fanlar fakultetida magistraturada o‘qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun Italiyada stipendiya.

Universitet "Laurea Magistrale" dasturlaridan biriga kiruvchi talabalar uchun 3 turdagi stipendiyani taklif qiladi:

Platina stipendiyasi.
Yiliga 10 000€.+ oʻqish toʻlovlaridan ozod qilish.
Oltin stipendiya.
Yiliga 5000 €. + o‘qish to‘lovlaridan ozod qilish.
Kumush stipendiya.
O‘qish to‘lovini to‘liq to‘laydi.

Talablar:
Bakalavr darajasiga ega bo‘lish, bakalavriatdagi soha magistratura uchun tanlangan sohaga aloqador bo‘lishi lozim.
Bakalavriatda oʻrganiladigan asosiy fanlar magistratura yoʻnalishidagi fanlarga oʻxshash boʻlishi kerak.

Ba’zi mamlakatlar uchun GPA ham taqdim etilishi lozim.

Italyan (B1) yoki ingliz (TOEFL, IELTS) tillarini bilishini tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.

Muddati: dasturga bogʻliq, lekin umumiy muddat 2022-yil 26-maygacha.

Batafsil.