Milliy sertifikat test savollari haqiqatan ham qiyinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tahlili
Ma’lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda. Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim talabgorlar tomonidan test topshiriqlari qiyin, ular uchun ajratilgan vaqt esa kam degan mazmunda murojaatlar bo‘lmoqda.
Mazkur murojaatlar qanchalik o‘rinli? Haqiqatan ham test topshiriqlari qiyinmi? Ushbu savollarga javob topish uchun test natijalarining statistik tahlillariga e’tibor qaratish lozim.
Quyidagi pdf faylda 2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika fanidan milliy sertifikat imtihonining statistik tahlili sodda tilda keltirilgan.