Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Milliy sertifikat imtihonlari jadvali 2026

To'lov miqdori: 594 000 so'm. Ro'yxatdan o'tish: my.gov.uz (OneID orqali).

Ro'yxatdan o'tish
Fan nomiImtihon sanasiRo'yxatdan o'tishTo'lov sanasi
Biologiya26 sentabr 20264 sentabr 20265 sentabr 2026
Kimyo27 sentabr 20264 sentabr 20265 sentabr 2026
Matematika28–29 sentabr 20264 sentabr 20265 sentabr 2026
Fizika29 sentabr 20264 sentabr 20265 sentabr 2026
Geografiya23 oktabr 20262 oktabr 20263 oktabr 2026
O'zbek tili24–26 oktabr 20262 oktabr 20263 oktabr 2026
Rus tili24–26 oktabr 20262 oktabr 20263 oktabr 2026
Qoraqalpoq tili24–26 oktabr 20262 oktabr 20263 oktabr 2026
Tarix27 oktabr 20262 oktabr 20263 oktabr 2026
Biologiya21 noyabr 202630 oktabr 202631 oktabr 2026
Kimyo22 noyabr 202630 oktabr 202631 oktabr 2026
Matematika23–24 noyabr 202630 oktabr 202631 oktabr 2026
Fizika24 noyabr 202630 oktabr 202631 oktabr 2026
Geografiya25 dekabr 20264 dekabr 20265 dekabr 2026
O'zbek tili26–28 dekabr 20264 dekabr 20265 dekabr 2026
Rus tili26–28 dekabr 20264 dekabr 20265 dekabr 2026
Qoraqalpoq tili26–28 dekabr 20264 dekabr 20265 dekabr 2026
Tarix29 dekabr 20264 dekabr 20265 dekabr 2026

Milliy sertifikat imtihonlari: to‘liq qo‘llanma

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari jadvali Bilimni baholash agentligi (uzbmb.uz) tomonidan rasman e’lon qilindi. Ushbu sahifada siz imtihon sanalarini, ro‘yxatdan o‘tish tartibini va abituriyentlar hamda o‘qituvchilar uchun beriladigan imtiyozlarni topasiz.

Imtihon bosqichlari

Milliy sertifikat imtihonlari yil davomida bir necha sikl (bosqich)da o‘tkaziladi. Har bir siklda quyidagi tartib qat’iy saqlanadi:

  1. Ro‘yxatdan o‘tish — belgilangan muddatda my.gov.uz portali orqali ariza topshiriladi.
  2. To‘lov — arizani tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90% i, ya’ni 556 200 so‘m (-yil) to‘lanadi.
  3. Test topshirish — talabgor ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va manzilda shaxsan ishtirok etadi.
  4. Natijani olish — imtihon natijalari my.gov.uz va uzbmb.uz saytlarida e’lon qilinadi.

Abituriyentlar uchun imtiyoz

Milliy sertifikatning asosiy afzalligi — 75 ball va undan yuqori natija OTMga kirish imtihonlarida ushbu fandan 100% (maksimal) ball beradi. Bu raqobatda hal qiluvchi ustunlikdir.

  • 75% va yuqori natija — kirish imtihonida shu fandan maksimal ball (majburiy fanlar bundan mustasno).
  • Sertifikat amal muddati — berilgan kundan boshlab 3 yil davomida kuchda.

O‘qituvchilar uchun ustama

Pedagoglar uchun milliy sertifikat nafaqat kasbiy darajani, balki oylik maoshni ham oshiradi. Sertifikat darajasiga qarab tarif stavkasiga 20% dan 50% gacha har oylik ustama qo‘shiladi. Bundan tashqari, sertifikatga ega o‘qituvchilar attestatsiya jarayonida ham yuqori ball oladi.

Milliy sertifikatga ro‘yxatdan o‘tish

  1. Avtorizatsiya — my.gov.uz saytiga OneID tizimi orqali kiring.
  2. Xizmatni tanlash — qidiruv maydoniga "Milliy sertifikat" deb yozing va arizani boshlang.
  3. Ma’lumotlarni kiritish — imtihon fanini, hududni va o‘qitish tilini tanlang.
  4. To‘lov — tizim shakllantirgan invoys bo‘yicha PayMe, Click yoki bank orqali to‘lang.

Ro‘yxatdan o‘tish sahifasi: my.gov.uz/uz/service/891

Imtihon jadvalidagi sanalar talabgorlar soniga qarab davlat tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Dolzarb ma’lumot uchun saytimizni kuzatib boring.