Navoiy va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Navoiyda Gʻ.A. va M.P. fuqaro A.X.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qozog‘istondagi universitetda o‘qigani to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Qashqadaryodagi universitetning 3-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilishadi. Ular “xizmat”lari evaziga 1500 dollar so‘rashadi.
***
Farg‘onada fuqarolar G.V. va boshqalar fuqaro M.O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlariga ishontiradi va buning uchun 500 dollar talab qilishadi.
***
Har ikki holatda qonunbuzarlar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida tezkor tadbirda ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.