Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

NCTU Taiwan Scholarship Program 2022 : Barcha bosqich talabalari uchun top-500 universitetlarning birida o‘qish imkoniyati

5.09.2021 00:34
NCTU Taiwan Scholarship Program 2022 : Barcha bosqich talabalari uchun top-500 universitetlarning birida o‘qish imkoniyati

Muddati:

30.09.2021

Davlat:

Tayvan

Rasmiy havola:

oia-sys.nctu.edu.tw

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Dunyo reytinggida 427- o‘rinda hamda mamlakat reytinggida 4- o‘rinni egallab turgan "National Chiao Tung University" universiteti tomidan NCTU Taiwan Scholarship Program grant dasturi e’lon qilindi. Ushbu dastur eng mashhur grantlardan bo‘libgina qolmasdan unga erishish ham bir muncha oson.

Dastur haqida qisqacha:

  1. Mamlakat: Tayvan;
  2. Universitet: Milliy Chia Tong Universiteti;
  3. Kurs bosqichi: Bakalavriat,Magistratura, Doktorantura;
  4. Maliyaviy ko‘mak: To‘liq moliyalashtirilgan;
  5. Oxirgi muddat: 30-sentabr 2021-yil;

Kurslar davomiyligi:

  • (BA) bakalavriat dasturlari-4-6 yil;
  • (MA) Magistratura dasturlari-1-4 yil;
  • Doktorlik dasturlari-2-7 yil;

Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishlari zarur:

  • Inson resurslari hamda ilmiy fanalr;
  • Muhandislik;
  • Biologiya hamda texnologiya fanlari;
  • Boshqaruv asoslari;
  • Sun’iy intellekt hamda elektr energiya;
  • Huquqshunoslik;

Bu Yerda to‘liq magistratura hamda doktorantura bosqichi dasturlari bilan tanishib chiqing!

Grantning Foydali jihatlari:

  • Bakalavriatura bosqichi uchun: $21 000 taivan dollari($700 AQSH Dollari)da oylik stipendiya;
  • Magistartura bosqichi talabalari uchun: a)Kontrakt miqdori to‘liq qoplab beriladi; b) Tadqiqot ishlarida universitet tomonidan ko‘mak ko‘rsatilinadi; c) $22 000 taivan dollari($733 AQSH Dollari)da oylik stipendiya;

Nomzodlar uchu qo‘yilgan talablar:

  • Chet el fuqorosi bo‘lishi;
  • Jismoniy hamda aqliy jihatdan sog‘lom bo‘lishi;
  • Nomzod ushbu grant sohibi bo‘lgan vaqt boshqa grant sohibi bo‘lmasligi zarur;
  • Barcha topshirilgan hujjatlar haqqoniy bo‘lishi kerak hamda ariza to‘ldirish jarayoni xatolarsiz tugallangan bo‘lishi zarur;

Kerakli Hujjatlar:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
  • Eng so‘nggi olingan diplom/attestat hamda baholar daftarchasi rasmiy muhir bilan; birgalikda;
  • 2ta tavsiyanoma;
  • Passport nusxasi;
  • O‘qish rejasi;
  • Til bilish sertifikati;

Muhim: Ro‘yxatdan o‘tish uchun univeritetga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etish lozim hamda onlayn arizani to‘ldirib bo‘lgach kerakli hujjatlarni yuklash kerak. Ushbu grantga ro‘yxatga o‘tish uchun hamda batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun rasmiy sahifaga tashrif buyuring!