Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko‘rsatilgan?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so‘ng test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o‘zgardi va 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.
Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?
Sababi bu yerda test o‘tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko‘rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko‘kka sovuradi.
Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o‘ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o‘tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.
Shunga ko‘ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko‘rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o‘z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o‘zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo‘lardi.
ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (pechat) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).Manba:Xushnudbek