Grantlar

Niderlandiya: Bakalavr bosqichi xalqaro talabalari uchun qiymati yiliga 2 500 yevrolik stipendiya dasturi

Niderlandiya: Bakalavr bosqichi ma’lum o‘quv kurslari uchun Hanze Minerva Scholarship nomli qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

627 ko'rish

Yangilangan:

Niderlandiya: Bakalavr bosqichi xalqaro talabalari uchun qiymati yiliga 2 500 yevrolik stipendiya dasturi

Grant dasturi borasida qisqacha:

Hanze Minerva Scholarship grant dasturi Hanze University of Applied Sciences oliygohi san’at akademiyasining bakalavr bosqichida ta’lim olish niyatida bo‘lgan Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi (EEA) tashqarisidagi davlatlardan bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutiladi. Bu grant dasturi g‘oliblarning Gollandiyada yashash xarajatlariga moliyaviy ko‘mak sifatida asosan to‘rt yillik muddat davomida berib boriladi.

See the source image

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Hanze Minerva stipendiyasi miqdori bir o‘quv yili uchun 2,500 yevroni tashkil qiladi;
  • Grant har bir o‘quv yili uchun bitta to‘lovdan iborat bo‘lib, tanlangan talabalarga har yilning noyabr oyida beriladi;

Eslatma: Hanze Minerva grant dasturi - bu yashash xarajatlari uchun moliyaviy ko‘mak bo‘lib, o‘quv to‘lovini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin emas!

Talablar:

  • Nomzodlarning fuqaroligi Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi tashqarida bo‘lishi;
  • 2021-yil sentyabrdan boshlab Minerva San’at Akademiyasining quyidagi bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishlik;
    • Dizayn
    • Tasviriy san’at

Eslatma: Grant motivatsiya va moddiy ehtiyojdan kelib chiqib beriladi.

Ariza berish tartibi:
Agar siz stipendiya olishni xohlasangiz, avval yuqorida aytib o‘tilgan dasturlardan biriga qabul qilinishingiz kerak. Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot olish uchun bu yerga tashrif buyuring.
Bakalavr dasturi uchun qabul qilinishingiz bilanoq, sizga Hanze Minerva stipendiyasi uchun ham ariza topshirish taklif qilinadi va qabul komissiyasidan ariza ko‘rsatmalari ko‘rsatilgan elektron pochta xabarini qabul qilib olasiz. Hanze Minerva stipendiyasi faqat dasturning birinchi yilidan va asosan dasturning nominal davomiyligi uchun beriladi: to‘rt yil. Stipendiyani qabul qilish tartibi va to‘lovi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot tanlanganingizdan so‘ng elektron pochta orqali sizga yuboriladi.

Grantga ariza berishning oxirgi muddati - 2021 yil 1-iyun.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish