Niderlandiyadagi yozgi kurslar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant

27.10.2021 07:29
Niderlandiyadagi yozgi kurslar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant

Muddati:

31.01.2022

Davlat:

Niderlandiya

Rasmiy havola:

www.hagueacademy.nl

Grant turi:

Malaka oshirish

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Mehnatsevarlik. Mehnatni sevmasak, harakat qilmasak hamma aytganlarimiz qog'ozda qolib ketadi. Biz hayotga o'z oldimizga missiya va maqsadlar qo'ygani va ular uchun kurashgani keldik. Shunday ekan, biz tabiiy mehnatsevar bo'lishimiz zarur.
– Registon ta'lim loyihasi

Xalqaro huquq sohasida o‘qiydigan yohlarni bilimlarini mustahkamlash va ularni ruhlantirish maqsadida Niderlandiyaning nufuzli The Hague Academy of International Law tomonidan talabalar uchun yozgi va qishki kurslar tashkil etilgan.

Ushbu kurslar ingliz yoki fransuz tilida bo‘lib o‘tadi. Kurslar haqida batafsil shu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Dastur ishtirokchilarining 15% i ushbu akademiya tomonidan moliyaviy yordam olishi mumkin bo‘ladi. Grantga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • Ushbu kurslarda bepul o‘qish;
  • Safar xarajatlari uchun 350 yevro;
  • Turar joy uchun 550 yevro;

Talablar:

  • Dasturda istalgan davlat fuqarosi ishtirok eta oladi;
  • Nomzodlar bakalavr bosqichini xalqaro huquq sohasi bo‘yicha yakunlagan yoki 3-kursda o‘qiyotgan bo‘lishi zarur;
  • Ingliz yoki fransuz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Dasturda ishtirok etish uchun kuchli qiziqish va bilimga ega bo‘lishi lozim.

Dasturda ishtirok etish uchun shu yerga kiring va onlayn ro‘yxatdan o‘ting.