Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Tajribadan ma’lumki, talabalar, ayniqsa yigitlar hech qachon kelishuvlarni bajarishmaydi. Eng ko‘p uchraydigan holat – 4 kishi turamiz deb 6-7, ba’zan 10 kishi bo‘lib ketishadi. Tekshirishga kelgan uy egasini “bu mehmon” deb aldashga urinishadi;
Ijara berishdan maqsad daromad ko‘rish. Lekin talabalar bilan bu ham o‘ziga xos dahmaza. Deylik 4 kishi 300 dollarga yashaydigan bo‘lishsa, o‘sha 300 odatda chala-yarim undiriladi yoki nasiya bo‘ladi. Izlab borsangiz ikkitasi chiqadi va o‘zlariga tegishli 150 dollarni beradi (bersa uniyam). Yo‘g‘idan talab qila olmaysiz, berganiga hech nima deya olmaysiz, chunki beryaptida.
Kommunal to‘lovlar ham to‘planib ketadi va ulardan keyin albatta qarzdorlik qoladi. Uyning ta’miri rasvo bo‘lishiku tabiiydek qaraladi;
Alohida masala – tozalik! So‘nggi yillarda nafaqat yigitlar, hatto qizlar ham sarishtalikni deyarli butkul unutishyapti. Ko‘chada yurishlarini, kiyinishlarini ko‘rib, havasingiz keladi. Lekin ijara uy ostonasidanoq asabingiz buziladi. Poyabzallar, paypoqlar hidlanib qalashib yotgan, bir haftalik chiqindi to‘planib qolgan, suvarak bosib ketgan, uyda o‘rinlar yig‘ilmaydi. Yana ishlaydigan toifasi bo‘ladi. Ular charchoq tufayli hatto yotgan o‘rnidan turib so‘rashishni lozim topishmaydi;
Muammolar xonadon doirasida qolmaydi. Albatta qo‘shnilar bezovta qilinadi, shikoyatlar tushadi. Milisiya ham tayyor.
Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.
Ijarada turadigan talaba tanishlaringizga yuboring. Balki bu yerdagi xatolar ular bilan ham sodir bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘rilab olishar.