Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qituvchilarni videoga olish va tarqatish: Ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida

13-oktabr 16:14
O‘qituvchilarni videoga olish va tarqatish: Ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-2-moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash, tizimlash, o‘zgartirish, ulardan foydalanish, tarqatish va yo‘q qilish qonuniy asosda bo‘lishi kerakligi belgilangan. Agar ushbu qoidalarga rioya qilinmasa, quyidagi jazolar belgilangan:

  • Fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 dan 5 baravarigacha;
  • Mansabdor shaxslar uchun esa — 5 dan 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Agar bu harakatlar ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan keyin 1 yil ichida takrorlansa, jinoyat javobgarligi qo‘llaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi).

Bundan tashqari, agar o‘qituvchi fuqarolik sudiga o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish uchun murojaat qilsa, Fuqarolik kodeksi 1021-moddasining ikkinchi qismida zararning haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilganligi ko‘rsatilsa, bu holat uchun aybdor ma’naviy zarar miqdorini qoplashga majbur.

Ma’naviy zararning miqdori sud tomonidan o‘qituvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblar hamda aybdorning tovoni to‘lash asoslari bo‘yicha aniqlanadi.