Grantlar

OECD Internship Programme (France):Barcha Talabalar Uchun Fransiya Xalqaro tashkilotida amaliyot dasturi hamda 700 yevro miqdorda oylik stipendiya!!!

OECD xalqaro tashkiloti o‘zining OECD Internship Programme amaliyot dasturi uchun arizalarni qabul qilmoqda .

664 ko'rish

Yangilangan:

OECD Internship Programme (France):Barcha Talabalar Uchun Fransiya  Xalqaro tashkilotida amaliyot dasturi hamda 700 yevro miqdorda oylik stipendiya!!!

Umumiy ma’lumotlar:

OECD(Organisation for Economic Co-operation and Development) xalqaro tashkiloti o‘zining OECD Internship Programme amaliyot dasturi uchun arizalarni qabul qilmoqda . Ushbu dastur (BA) bakalavriat va (MA) magistratura hamda (PhD) doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yuqori salohiyatli, chuqur bilimga ega talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturdan maqsad- muvaffaqqiyatli nomzodlarga tahliliy va texnik ko‘nikmalarini oshirishga yordam berish.

Dasturga barcha davlatdagi talabalar hujjat topshirishlari mumkin. Amaliyot dasturi talabaning xohishiga hamda tanlagan yo‘nalishiga qarab 1-6 oy muddatda bo‘lishi mumkin. Amaliyot dasturi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.

Dasturga qabul qilingan talabalar haftasiga 40 soat (Dushanbadan -Jumagacha) ishlagan holda 1-6 oy muddatda quyidagi yo‘nalishlardan birida amaliyotni o‘tashlari mumkin:

  • Audit
  • Aloqa, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar
  • Tadbirlarni boshqarish
  • Moliya va bugalteriya hisobi
  • Yurudik xizmatlar
  • Informatsion texnologiya
  • Ofis Ma’muriyati
  • Kadrlar bo‘limi
  • Tarjima

Dasturning foydali jihatlari:

  • 700 yevro miqdorida oylik stipendiya.
  • 1-6 oy davomida Fransiyada amaliyot o‘tash imkoniyati.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod (BA) bakalavriat , (MA) magistratura yoki (PhD) doktorantura bosqichda ta’lim olayotgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki fransuz tilini mukammal bilishi kerak(OECD tashkilotida ishlatilinadigan boshqa tillarni bilish ustunlik beradi).
  • Nomzod hisob- kitobni yaxshi bilishi hamda informatsion texnologiyalar(IT) malakasiga ega bo‘lishi zarur.
  • Bundan tashqari nomzod ko‘p millatli xalqaro muhitda ishlay olishi hamda muloqot va hujjat tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Batafsil nomzodlarga qo‘yilgan talablar bilan tanishishinggiz mumkin.

Dasturga hujjat topshirish:

  1. Online ariza topshiriladi va kerakli ma’lumotlar to‘ldiriladi.
  2. Kerakli hujjatlar:
  • Passport nusxasi
  • Cover letter
  • O‘qiyotgan ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma
  • Tibbiy sug‘urta
  • Viza
  • Fransiya bank xisob raqami (OECD ga rasman qabuldan so‘ng)

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga yil davomida 2 marta qabul e’lon qilinadi .2021 yil uchun siz 2-mavsum uchun (Oxirgi muddat 01.09.2021) qabulga ro‘yxatgan o‘tishinggiz mumkin (1- qabul 01.03.2021 gacha edi). Dasturga arizalarning soni juda ko‘pligi uchun faqatgina qabul qilinganlargagina keyingi bosqichga o‘tganliklari haqida xabar berishadi. Qabul qilinmagan nomzodlar 2022 -yil 1-mart hamda 2022-yil 1-sentabrdagi mavsumlar uchun qayta ariza topshirishlari mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish