2025-yilda o‘qishni ko‘chirish mezonlari qanday bo‘ladi?

Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2025-yilda o‘qishni ko‘chirish baholash mezonlari qanday bo‘ladi?
O‘zbekistonning xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliygohlaridan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish test sinovlari 15-20-avgust kunlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda baholash mezonlari quyidagicha belgilanadi:
Majburiy fanlar bo‘yicha test
Barcha test topshiruvchilar quyidagi 3 ta majburiy fan bo‘yicha imtihon topshiradi:
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
- Har biri 1,1 ball
- Maksimal ball – 11 ball
- Matematika – 10 ta savol.
- Har biri 1,1 ball
- Maksimal ball – 11 ball
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
- Har biri 1,1 ball
- Maksimal ball – 11 ball
Jami maksimal ball – 33 ball
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha test
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiriladi:
- 1-fan – 30 ta savol.
- Har biri 3,1 ball
- Maksimal ball – 93 ball
- 2-fan – 30 ta savol.
- Har biri 2,1 ball
- Maksimal ball – 63 ball
Jami maksimal ball – 156 ball
Umumiy hisob-kitob
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘ini bajarishi kerak. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 189 ball.