O‘qituvchilar sha’ni uchun kurash: Videolarni noqonuniy tarqatish jazoga sabab bo‘ladi!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qituvchilarni videoga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish qonunchilikka zid bo‘lib, ma’muriy, jinoiy va fuqarolik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ma’muriy javobgarlik
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-2-moddasiga binoan, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga zid ravishda yig‘ish, tarqatish yoki foydalanish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3-5 baravari miqdorida jarima solinadi.
- Mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Jinoiy javobgarlik
- Agar ushbu qonunbuzarlik ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan keyin bir yil ichida takrorlansa, jinoyat kodeksining 141-2-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Fuqarolik javobgarligi va ma’naviy zarar
- Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga asosan, o‘qituvchi o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun sudga murojaat qilishi va zarar miqdorini undirishni talab qilishi mumkin.
- Ma’naviy zarar o‘qituvchining obro‘si, qadri, ishchanlik sha’niga putur yetkazilganda qoplanishi lozim.
- Zarar miqdorini sud jabrlanuvchining jismoniy va ma’naviy azoblariga va aybdorning xatti-harakatlariga qarab aniqlaydi.
Xulosa
O‘qituvchilar videolarini tarqatish qonunga xilof bo‘lib, bu harakat ma’muriy jarima, jinoiy javobgarlik va ma’naviy zarar qoplash kabi oqibatlarga olib keladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni qonun doirasida ishlatish zarur.