Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘tgan yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball qancha bo‘lgan?

16-oktabr 13:09
O‘tgan yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball qancha bo‘lgan?

2023-yilgi imtihonda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan imtihon:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
  • 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
  • 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilgan va bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lgan.

‼️Eslatma o‘rnida, 2024-yilgi kirish imtihonlari uchun maksimal ball, baholash mezonlari Qabul komissiyasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.