Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha qanday ishlar amalga oshiriladi

23-may 14:11
OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha qanday ishlar amalga oshiriladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida maʼlum qilishicha joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlari:

Sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi.

Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va FaceControl (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi.

Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha natija shaxsiy kabinetga yuboriladi.

Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.