Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rasman: Oxus University abituriyentlarga 325.000.000 so‘mlik grant dasturini e’lon qiladi

10-noyabr 08:03
Rasman: Oxus University abituriyentlarga 325.000.000 so‘mlik grant dasturini e’lon qiladi

Universitet haqida

"Oxus University" Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya (№153214, 31.10.2023-y) asosida Toshkent shahrida faoliyat olib boradi.

Oxus University bu shunchaki yangi xususiy universitet emas, balki xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi zamonaviy oliy ta’lim dargohidir. 3 gektar maydonda joylashgan universitet o‘quv kampusi zamonaviy jihozlangan, yashil maydon va shinam o‘quv muhitini taqdim etadi. Joriy o‘quv yilida universitet 4 ta fakultet va 7 ta yo‘nalish bo‘yicha qabul e’lon qilgan.

Oxus University Grant Dasturi haqida

Xalqaro standartlar asosida ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan Oxus University Respublika miqyosida barcha abituriyentlarga 2023-2024 o‘quv yili uchun umumiy qiymati 325 million so‘m bo‘lgan “Oxus University Grant Dasturi” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi - maktab bitiruvchilari va abituriyentlarning ta’lim olishlarini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlov g‘oliblari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishadi?

Oxus University grant dasturi g‘oliblari quyidagi imkoniyatga ega bo‘lishadi:

  1. Oxus University granti g‘oliblik guvohnomasi;
  2. Universitetda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha 1 yil grant asosida bepul o‘qish imkoniyati (agar talabaning 1 yil davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lsa, grant kelgusi yillarda ham saqlanib qolishi mumkin);
  3. Universitet tomonidan tashkil qilinadigan turli amaliy loyihalarda ishtirok etish imkoniyati;
  4. Universitetda tahsil olish bilan birgalikda, 2 kursdan keyin nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyati;
  5. Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, Germaniya va Malayziyaning mashhur universitetlarda talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
  6. Tanlovda yuqori natija ko‘rsatganlik uchun esdalik sovg‘alari va maxsus mukofotlar;
  7. Grant tanlovida ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga QR kodlik maxsus sertifikat taqdim etiladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Oxus University’ning xalqaro toifadagi ustozlari va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Oxus University haqida barcha ma’lumotlar, imkoniyatlar, fakultetlar va yo‘nalishlar ro‘yxatini oxusuniversity.uz web-sahifasidan ham olishingiz mumkin.

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda eng nufuzli universitet talabasiga aylaning.

Tanlov tashkilotchilari:

Grantning umumiy qiymati:

  • Yoshlarning ta’lim olishi uchun 325 million so‘m ajratilgan

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 13 nafar iqtidorli yoshlar uchun belgilangan.
  • Joriy o‘quv yilida nomzodlarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan grant sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.

Tanlov kimlar uchun?

Ushbu grant loyihasi Oxus University’da tahsil olmoqchi bo‘lgan maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

  • Oxus University granti tanlovida tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @Oxus_grant_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va OLIYGOH.UZ platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
  • Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.
  • Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi: 26-noyabr

Tanlov bosqichlari

    “Oxus University Granti” tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov butun Respublika bo‘ylab onlayn bo‘lib o‘tadi.

    Birinchi bosqich

    • Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.
    • Onlayn imtihonda IQ va ingliz tilining turli darajalarida (listening, reading, vocabulary, grammar) 50 ta test savoli beriladi.
    • Tanlovining 1-bosqichi 26-noyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi va soat 23:00 da yakunlanadi.
    • Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 40 daqiqa davom etuvchi onlayn testda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus test platformasi 26-noyabr kuni soat 23:00 yopiladi.
    • Birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natija ko‘rsatgan umumiy 500 nafar nomzodlar yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ikkinchi bosqichga o‘tish uchun nomzodlar eng kamida 70 foiz (35 ta to‘g‘ri javob va undan yuqori) toplashlari lozim.
    • Ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodlar uchun maxsus sms xabarnoma va Shaxsiy kabinet orqali xabar jo‘natiladi.

    Ikkinchi bosqich

    • Ikkinchi bosqich: Universitet imtihoni. Ushbu bosqich tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar bu bosqichda maxsus imtihondan o‘tishadi.
    • Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 2-bosqichi 29-noyabr kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Oxus Universityning maxsus imtihonlar binosida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar Oxus University tomonidan oflayn tarzda olib boriladigan IQ va ingliz tili imtihonida ishtirok etishadi. Yakuniy bosqich vaqti bo‘yicha nomzodlarga maxsus sms xabarnoma yuboriladi.
    • Yakuniy bosqich yakunlangandan so‘ng 3 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari tanlov maxsus kommissiyasi tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.
    • Umumiy natijalar maxsus komissiya qaroriga asosan aniqlanadi. Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan, grant g‘oliblari ro‘yxati tasdiqlanadi.
    • Ushbu bosqichda eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi va universitetga grant asosida talabalikka tavsiya etiladi.

    Eslatma: Yakuniy bosqichga yo‘llanma olgan nomzodlar universitetga kelishdan oldin OLIYGOH.UZ platformasi maxsus imtihon oynasi orqali shaxsiy hujjatlarini taqdim etishlari kerak. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

    — shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID);

    — xalqaro imtihon sertifikatlari (agar majvud bo‘lsa: IELTS, SAT);

    — turli tanlov, olimpiada, musobaqa va loyihalarda erishgan yutuqlari;

    Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

    Tanlovi g‘oliblari Oxus University’ning maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanadi.

    Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

    Oxus University o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli talabalariga omad tilaydi!

    Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

    Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.

    Ma’lumot uchun, Oxus University xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi oliygoh bo‘lib, hozirda dunyoning bir nechta davlatlari (AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya) bilan keng miqyosda aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Talabalar uchun joriy 2023/2024 o‘quv yilida 4 ta fakultet va 7 ta yo‘nalish uchun qabul e’lon qilgan. Universitetni hozirda boshqa oliygohlardan ajratib turadigan bir qator afzalliklarni va xalqaro ta’lim dasturini taklif qiladi.

    Oxus Universityda hozirda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar:

    1) Huquq va Davlat Boshqaruvi fakulteti:

    — Biznes Huquqi

    — Ommaviy Siyosat

    Ushbu fakultet va yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni BU YERDAN oling.

    2) Iqtisodiyot va biznes fakulteti:

    — Iqtisodiyot va Biznes;

    — Moliya va Buxgalteriya hisobi;

    — Raqamli Marketing va Menejment.

    Ushbu fakultet va yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni BU YERDAN oling.

    3) Fan va TexnologiyalarFan va texnologiya fakulteti:

    — Kompyuter Bilimlari (IT);

    — Amaliy Kimyo;

    — Mashinasozlik Muhandisligi.

    Ushbu fakultet va yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni BU YERDAN oling.

    4) Ijtimoiy va Gumanitar Fanlar fakulteti:

    — Ingliz tili va Adabiyoti;

    — Mintaqashunoslik (Yaponshunoslik).

    Ushbu fakultet bo‘yicha batafsil ma’lumotni BU YERDAN oling.

    Ushbu dasturlar doirasida olingan bilimlar bitiruvchilarga o‘zlari tanlagan sohada xalqaro ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi. Universitetning asosiy maqsadi xorijiy dasturlar asosida talabalarga sifatli ta’lim amaliy bilim olish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.

    Bizning asosiy kuchimiz yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va fidoyi xodimlarning kuchli jamoasi hisoblanadi. Universitet jamoasi dunyoning eng nufuzli universitetlaridan tanlab olingan.

    Universitetning rasmiy web-sahifasi: oxusuniversity.uz

    Universitet manzili: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Farg‘ona Yo‘li ko‘chasi, 25 uy

    Qabul komissiyasi: +998555103663