Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ozarbayjon universiteti ayol-qizlar uchun xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

12.04.2023 21:47
Ozarbayjon universiteti ayol-qizlar uchun xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Magistratura va PhD talabalarining o‘qish va yotoqxona to‘lovi qoplab beriladi hamda bir yil uchun oylik stipendiya ajratiladi.

Foto: CNN

Ozarbayjonning Xazar universiteti ayol-qizlar uchun xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan magistratura va doktorantura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Xazar universiteti stipendiyalari xalqaro talabalarga turli sohalarda, jumladan, liberal san’at, iqtisod, menejment, biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar, muhandislik, texnologiya va boshqa sohalarda taklif etiladi.

Nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, tadqiqotlarga qiziqishi, ingliz tili bo‘yicha yetarli darajaga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ayollar yetakchiligini ko‘rsatgan yoki guvohi bo‘lgan holatlar va bu qanday ijobiy o‘zgarishlarga olib kelganini tasvirlovchi esse yozish kerak bo‘ladi.

Ariza namunasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

Qabul qilinganlarning o‘qish va yotoqxona to‘lovi qoplab beriladi hamda bir yil uchun oylik stipendiya ajratiladi.

Shuningdek, borish-kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.

Arizalarni 27-iyungacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.