Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar soni 11 barobar oshdi: xotin-qizlarga va yoshlar ta’limiga davlatdan keng qo‘llab-quvvatlash

Bugun, 09:57
Talabalar soni 11 barobar oshdi: xotin-qizlarga va yoshlar ta’limiga davlatdan keng qo‘llab-quvvatlash

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda keskin o‘sish va tizimli kengayishlar kuzatilmoqda. Prezident o‘z chiqishida bu boradagi asosiy yutuq va strategik yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Oliy ta’lim qamrovi kengaymoqda

  • Ilgari 1 ta oliy ta’lim o‘rni uchun kamida 10 nafar abituriyent kurash olib borgan bo‘lsa, hozir:

    • Oliygohlar soni 3 barobarga oshirilgan;

    • Tizimdagi qamrov darajasi 42 foizga yetgan.

Talaba qizlar soni 11 barobar oshdi

  • Xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani natijasida, talaba qizlar soni 11 karra oshdi.

  • Prezident bu borada shunday deya ta’kidladi:

    “Bir qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli bo‘ladi.”

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari kengaymoqda

  • So‘nggi 25 yilda 800 nafar yosh davlat hisobidan xorijda o‘qishga yuborilgan bo‘lsa,

  • So‘nggi 7 yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshgan.

Davlatning yangi majburiyati: xorijdagi talabalarni qo‘llab-quvvatlash

  • Endilikda Yoshlar ishlari agentligi xorijda o‘qiyotgan har bir talabaga:

    • Rag‘bat va yordam ko‘rsatish,

    • Ehtiyojlarini o‘rganish,

    • Vatanga qaytgach o‘z o‘rnini topishi,

    • Muvaffaqiyatli karera qilishida yo‘l ko‘rsatish kabi masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda mas’ul bo‘ladi.