Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda?

2.03.2023 22:18
Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda?

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:

  • 2017/2018-oʻquv yili – 1,3 ming nafar
  • 2018/2019-oʻquv yili – 2,7 ming nafar
  • 2019/2020-oʻquv yili – 3,6 ming nafar
  • 2020/2021-oʻquv yili – 4,2 ming nafar
  • 2021/2022-oʻquv yili – 5,1 ming nafar
  • 2022/2023-oʻquv yili – 5,0 ming nafar

2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.