O‘zbekistonda shifokor bo‘lish uchun mustaqil imtihon joriy etildi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILPrezident topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadr tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Eng muhim o‘zgarishlardan biri — mustaqil yakuniy imtihonning joriy etilishidir. Bu yangilik talabalar, shifokorlar va hamshiralar uchun majburiy bo‘ladi.
Endi qanday bo‘ladi?
-
Tibbiyot universiteti bitiruvchilari diplom olish uchun mustaqil imtihon topshiradi.
-
Imtihon jarayonida universitet o‘qituvchilari qatnasha olmaydi, baholash to‘liq mustaqil va shaffof bo‘ladi.
-
Amaliyotchi shifokorlar va hamshiralar ham malaka oshirish yoki lavozimga tayinlanish uchun imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.
Nima uchun bu o‘zgarish muhim?
Bu tizim orqali:
-
Tibbiyot sohasiga haqiqatan bilimli va malakali mutaxassislar kirib keladi;
-
Imtihonlardagi xolislik va adolat ta’minlanadi;
-
Tibbiyot oliygohlarining sifat darajasi oshadi.
Yangi tizim shifokorlik diplomini olishni yanada mas’uliyatli, haqiqiy bilimga asoslangan jarayonga aylantiradi.