– Har yili beriladigan Prix Virginia, millati yoki ish mavzusidan qat’i nazar, barcha fotograf ayollar o‘z ishlarini namoyish etishlari mumkin;
– Tijoriy reklama uchun yoki maqola uchun tahririyat topshirig‘i sifatida qilingan ishlar qabul qilinmaydi;
– Taqdim etilgan fotosuratlar shu paytgacha Fransiyada nashr etilmagan yoki namoyish etilmagan bo‘lishi kerak. Biroq, rassom Fransiyada allaqachon boshqa asarlarini namoyish qilgan bo‘lishi mumkin;
– Fotograflar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa professional ekspertlar (foto muharrirlari, galereya egalari, fotoagentlar va boshqalar) ga murojaat qilgan holda o‘z ishlarini namoyish etishlari mumkin;
– Mukofot foto ishlarining yakunlanishi yoki ko‘rgazmasini moliyalashtirish uchun mo‘ljallanmagan;
–Aariza berish mutlaqo bepul;
– Oldindan belgilangan shartlarga mos kelmaydigan har qanday ariza hakamlar hay’atigatomonidan ko‘rib chiqilmaydi;
Kerakli hujjatlar:
- CV/Rezyume;
- Taqdim etilgan ishning ijodiy va badiiy o‘lchovini tavsiflovchi nomzod tomonidan yozilgan qisqa xat (PDF shaklda);
- Nomzodlarga bitta rasmni emas, balki bir butun ish to‘plamini (12-18tagacha rasmlar to‘plami )taqdim etishni qat’iy tavsiya qilinadi (jpg formatda). Har bir fotosurat jpeg formatida, 72 dpi va 2 MB (yoki Mb) dan oshmasligi kerak;
Eslatma: Har bir fotosurat o‘z sarlavhasida fotosurat raqami, nomzodning ismi, fotosuratning nomi va sanasini ko‘rsatishi kerak ,masalan: 01_NameFirstName_PhotoTitle. Barcha hujjatlar hamda ro‘yxatdan o‘tish ingliz yoki fransuz tilida amalga oshirilishi lozim.
Barcha hujjatlar hamda fotosuratlar tayyor bo‘lgandan so‘ng bu yerdan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Muhim: Bu yerdan o‘tkan yillardagi g‘olib bo‘lgan san’at asarlarini bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Barcha turdagi batafsil ma’lumotlar jumladan aynan qaysi shakldagi fotosuratlar hamda baholanayotganda aynan qaysi jihatlar inobatga olinishi va shu kabi savollar yuzasidan bu yerga murojaat eting.
Muhim sanalar:
– 2022 yil 13 yanvardan 2022 yil 7 maygacha: arizalar qabul qilinadi.
– 2022 yil 7-may, 23:59 (Parij vaqti bilan) arizalar yopiladi.
– 2022-yil 02-noyabr: rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar bir necha kun oldin onlayn jonli auditoriya davomida e’lon qilinadi.