Pedagoglar uchun toifa sertifikatlari amal qilish muddatlari qancha?
16.10.2024 14:45
Maktablardagi pedagog xodimlarning malaka toifasi muddati 5 yilni tashkil etadi. Bu muddat Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan va unga ko‘ra, pedagog kadrlar har 5 yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishlari kerak.
Agar pedagog nafaqaga chiqqan bo‘lsa, uning malaka toifasi tushirilgan deb hisoblanadi. 572-son qarorning 6-bandiga binoan, nafaqa yoshiga yetgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinmaydi. Attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugashidan qat’i nazar, ularning amaldagi malaka toifasi saqlanib qolinadi va ular bu toifa bo‘yicha ish haqi olishda davom etadilar
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
70 foizlik ustama ma’lumotlari shakllantirildi!
20-iyun 19:15
O‘qituvchilar haqida qiziqarli ma’lumotlar
31-may 12:37