Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Pedagoglar uchun toifa sertifikatlari qancha muddatga amal qiladi?

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Pedagoglar uchun toifa sertifikatlari qancha muddatga amal qiladi?

Maktablardagi pedagog xodimlarning malaka toifasi muddati 5 yilni tashkil etadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 572-son qarorida qayd etilgan bo‘lib, ushbu qaror asosida tasdiqlangan nizomga ko‘ra, pedagoglar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan o‘tishlari shart.

Agar pedagog nafaqaga chiqqan bo‘lsa, uning malaka toifasi tushirilgan deb hisoblanmaydi. 572-son qarorning 6-bandiga ko‘ra, nafaqa yoshiga to‘lgan pedagoglar navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinmaydi va ular malaka toifasi tugashidan qat’i nazar, amaldagi toifalari bo‘yicha ish haqi olishda davom etadilar.