Pedogogika universitetlariga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshilishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
- dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladi;
- dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
- kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.
2024-yil 1-yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shuningdek, qarorda tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.