Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Peter Drucker Society Europe tomonidan tashkil etiladigan insholar tanlovi

18.03.2022 18:40
Peter Drucker Society Europe tomonidan tashkil etiladigan insholar tanlovi

Muddati:

14.05.2022

Rasmiy havola:

www.druckerchallenge.org

Grant turi:

Tanlovlar

Peter Drucker Society Europe tomonidan 18-35 yoshdagi talabalar va mutaxassislar uchun tashkil etiladigan insholar tanlovi.

Insho mavzusi: "Avtomatlashtirish davrida kasblar kelajagi qanday?" (What is the future of work in the age of automation?)

Sovrinlar:

▫1500€

▫13-Global Peter Drucker forumida bepul ishtirok etish (Vena, 2022-yil, 18-19-noyabr)

▫Sayohat va turar joy xarajatlari

▫Forumga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif

▫Taqdirlash marosimiga taklif

▫Sertifikat

▫druckerchallenge.org saytida insho chop etish

▫druckerforum.org forumida post qoldirish imkoniyati

▫Garvard Business Review-ga 1 yillik obuna

Talablar:

▪Tanlovda 18-35 yoshdagi talabalar va mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

▪Talabalar toifasida bakalavriat, magistratura va aspirantlar ishtirok etishlari mumkin. Talabalar kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda o‘qishlari mumkin.

▪Professional toifaga menejerlar, loyiha, byudjet menejerlari, tadbirkorlar, volontyorlar, yetakchilar kirishi mumkin.

▪Insho ingliz tilida yozilishi kerak. Hajmi - 1500 - 3000 so‘z, format - pdf. Inshoda muallifning ismi ko‘rsatilmasligi kerak. Tanlov tili ingliz tilidir.

🕛Muddati: 2022-yil, 14-may