Portugaliya: Portu universteti tomonidan barcha bosqichlarda ta’lim olish uchun bir nechta xalqaro grant dasturlari
Davlat:
Portugaliya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturlari haqida qisqacha:
Portugaliyadagi 51 ta tadqiqot markazining bildirgan baholashidan so‘ng, Portu universiteti yirik ilm-fan markazlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Portu universiteti taniqli tadqiqot va rivojlanish markazlariga ega bo‘lib, ularda ilm-fan va texnologiyalarning turli sohalari asrlar davomida diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Ayni vaqtda Porto universiteti tomonidan taqdim etilayotgan 4 dan ortiq grant dasturlari mavjud. Ushbu dasturlar uchun nomzodlar turli mezonlarga ko‘ra tanlanadi, shu jumladan nomzodlarning ilmiy ishlari, imtiyozlari va moliyaviy ehtiyojlari ham inobatga olinadi. Barcha munosib talabalarni mukofotlash uchun ularning akademik yutuqlari va baholari asosida imtiyozli stipendiyalar teng ravishda taqdim etiladi. Bundan tashqari, homiylar talabalarga moliyaviy ko‘mak orqali yordam beradigan boshqa ba’zi bir stipendiya dasturlari ham mavjud.
Grantning tafsilotlari:
- Davlat - Portugaliya;
- Universitet - Portu universiteti
- Bosqichlar - bakalavriat, magistratura va doktorantura;
Taklif etilayotgan grant va stipendiya dasturlari:
- SASUP scholarships
- Merit scholarships
- Scientific scholarships
- Other support programs
Kimlar ariza bera oladilar:
1. SASUP scholarships:
- Portugaliyalik talabalar bilan bir qatorda barcha xalqaro talabalar ushbu grant dasturi uchun ariza berishlari mumkin. Buning uchun nomzodlar Porto Universitetining bakalavr va magistratura dasturlaridan birida o‘qish uchun hujjat topshirgan bo‘lishlari talab etiladi;
2. Merit scholarships:
- Portugaliyalik talabalar bilan bir qatorda barcha xalqaro talabalar ushbu grant dasturi uchun ariza berishlari mumkin. Buning uchun nomzodlar Porto Universitetining bakalavr va magistratura dasturlaridan birida o‘qish uchun hujjat topshirgan bo‘lishlari talab etiladi. Nomzodlarning avvalgi bosqichda o‘qish baholari yuqori bo‘lishi va grant uchun tanlangandan keyin ham o‘z sinfida yoki kursida eng yuqori o‘rinlarda turishi kerak.
3. Scientific scholarships:
- Portugaliyalik talabalar bilan bir qatorda barcha xalqaro talabalar ushbu grant dasturi uchun ariza berishlari mumkin. Buning uchun nomzodlar Porto Universitetining bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlaridan birida o‘qish uchun hujjat topshirgan bo‘lishlari talab etiladi. Nomzod universitetda ilmiy tadqiqot o‘tkazishga qiziqishi talab qilinadi.
4. Other support:
- Universitet va uning homiy tashkilotlari yordamga ehtiyoji bor talabalar uchun moliyaviy ko‘mak berishga tayyor va buni bir nechta shu turdagi dasturlar orqali amalga oshirib keladi. Bunday ko‘mak stipendiyalari uchun Portugaliyalik talabalar bilan bir qatorda barcha xalqaro talabalar ushbu grant dasturi uchun ariza berishlari mumkin. Buning uchun nomzodlar Porto Universitetining bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlaridan birida o‘qish uchun hujjat topshirgan bo‘lishlari talab etiladi.
Grantning manfaatli tomonlari:
Yuqoridagi grant dasturlarining har birining alohida manfaatli tomonlari mavjud va ular bilan bu yerda to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin. Grantlarning umumiy qiymati quyidagilarni o‘z ichiga olishi ko‘zda tutiladi:
- Oylik stipendiya;
- O‘qish to‘lovidan ozod etilish;
- Yashash joyi, ovqatlanish va transport xarajatlarining qoplanishi.
Eslatma: Yuqoridagi grant dasturlari va universitetning o‘quv dasturlari uchun arizalar berish muddati turli kurslarda turlicha.
Universitet o‘quv dasturlari va yuqoridagi grantlar uchun bu yerdan arizalarni yuborishingiz mumkin.