Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

28.02.2023 23:09
Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

Prezidentning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.

Davlat dasturiga koʻra , professional taʼlim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos boʻlgan malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida: 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratilishi koʻzda tutildi.

Mazkur hujjatda, shuningdek, quyidagilar belgilangan:

➖ 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga toʻliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

2023-yil 1-apreldan boshlab:

✔️professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

✔️professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.