Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qabul-2025: Xalqaro Nordik Universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

10-iyul 14:06
Qabul-2025: Xalqaro Nordik Universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Yevropa ta’limi O‘zbekistonda: Xalqaro Nordik Universitetida qabul davom etmoqda

Yevropa sifati, xalqaro diplom, real amaliyot – Xalqaro Nordik Universiteti 2025/2026 yil uchun qabulini davom etmoqda!

Nordik universiteti – bu oddiy universitet emas. Bu – xalqaro ta’lim, grantlar, startaplar, ish va amaliyot imkoniyatlari, dunyo bozoriga tayyorlab chiqaruvchi zamonaviy ta’lim ekotizimi.

🇪🇺 Yevropa va AQShdagi universitetlar bilan akademik aloqalarga ega bo‘lgan Xalqaro Nordik Universiteti O‘zbekistonda xalqaro ta’limning yangi avlodini yaratmoqda.

Nima uchun abituriyentlar Nordikni tanlamoqda?

Bugungi kunda Nordik universitetida 6.5 ming nafardan ziyod talabalar taʼlim olishmoqda. Universitet talabalarga yaratib berayotgan asosiy imkoniyatlar quyidagilar:

Work & Travel – orzu emas, haqiqat!

Nordik universiteti – O‘zbekistonda o‘qib, Yevropada ishlash imkoniyatini real taklif qilayotgan kam sonli universitetlardan biri. Universitet talabalari yozda Yevropaga ketib 3 ming$ dan 6-7 ming$ gacha Yevropada daromad qilib kelishmoqda va sayohat ham qilishmoqda.

Global imkoniyatlar!

Nordik talabalari o‘qishning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini Finlyandiya, Koreya, AQSh yoki Italiyada o‘tab, ikki diplom olmoqda – bu kelajak uchun global imkoniyatdir.

Zamonaviy kampuslar — kelajak maskani!

Toshkent markazida joylashgan 3 ta kampus — zamonaviy o‘quv jarayoni, kuchli infratuzilma va qulayliklar demakdir.

20+ yo‘nalish – Sizga mos ta’lim bor!

Moliya, IT, biznes, turizm, jurnalistika... o‘zingizga mos sohani tanlang va uni zamonaviy uslubda o‘rganing!

100% gacha grantlar va stipendiya: Iqtidor e’tibordan chetda qolmaydi

Agar sizda bilim, salohiyat va orzu bo‘lsa — Nordikda siz uchun imkon bor.

Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun 100% gacha grantlar va iqtidorlilar esa alohida stipendiya orqali moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

Orzuingiz uchun eshik ochilishini kutmang. Nordik — siz kutgan eshik! Bu shunchaki ko‘rinadigan imtiyoz emas – bu sizning mehnatingiz uchun haqiqiy mukofot.

2-kursdayoq ish + amaliyot

Nazariya bilan cheklanib qolmaysiz. Nordikda o‘qib, ishlaysiz, tajriba orttirasiz. Bu sizni bozorga tayyorlab chiqaradi.

Kuchli ustozlar – amaliy bilimlar

Ustozlarimiz nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatadi. Kuchli ustozlar - kuchli kelajak!

Hamyonbop ta’lim — barcha uchun ochiq

Kontrakt hamyonbop narxlarda bo‘lib, 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Xalqaro darajadagi ta’lim — arzon va qulay.

Global hamkorlar: Nokia, ISKU, Kareliya

Nordik — bu shunchaki nomi “xalqaro” bo‘lgan universitet emas. Nokia, ISKU va Kareliya universiteti kabi yirik xalqaro tashkilotlar bilan rasmiy hamkorlik shartnomalari mavjud.

Bu siz uchun nimani anglatadi?

– Yevropa ta’lim standartlari,

– amaliyot va almashinuv imkoniyatlari,

– diplomdan tashqari — real aloqalar va karera eshigi.

🌍 Nordik – bu O‘zbekiston bilan Yevropa o‘rtasidagi ta’lim ko‘prigidir.

Natija uchun ishlaydigan universitet

Nordik sizga va’da bermaydi – natijani ko‘rsatadi.

📊 Bizning marketing – shiorlarga emas, amalga oshgan rejalarga asoslanadi:

– yuzlab talabalarning real Work & Travel tajribasi,

– grantlar yutgan o‘quvchilar,

– xalqaro diplom olgan bitiruvchilar.

📌 Bu yerda brend – shunchaki tashqi ko‘rinish emas. Brend – bu ishonch, bu natija, bu haqiqat. Agar siz so‘zlarga emas, ishlarga qarab tanlov qilmoqchi bo‘lsangiz – Nordik sizni kutmoqda.

🎓 Bugun Nordikda 16 ta bakalavriat, 13 ta magistratura va 6 ta doktorantura yo‘nalishida o‘qish imkoniyati mavjud.

🎓 Mavjud yo‘nalishlar

Bakalavriat yo‘nalishlari:

  • Iqtisodiyot
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • Biznesni boshqarish
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • Sanoat muhandisligi va menejmenti
  • Kompyuter injiniringi
  • Psixologiya
  • Boshlang‘ich ta’lim
  • Maktabgacha ta’lim
  • Maxsus pedagogika (logopediya)
  • Musiqa ta’limi
  • Amaliy matematika
  • Turizm va mehmondo‘stlik
  • Jurnalistika

Magistratura yo‘nalishlari:

✅ Jahon iqtisodiyoti

✅ Iqtisodiyot

✅ Kompyuter injiniringi

✅ Ma’lumotlat ilmi (Data science)

✅ Amaliy matematika

✅ Turizm va mehmondo‘stlik

✅ Pedagogika

✅ Psixologiya

✅ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

✅ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

✅ Xorijiy til va adabiyoti

✅ Musiqa ta’limi va san’at

✅ Jurnalistika

✍️ Qanday ariza topshiriladi?

  1. Saytga kiring: https://oliygoh.uz/nordik
  2. Imtihondan o‘ting va natijangizni oling

📞 Bog‘lanish:

  • 📍 Qabul komissiyasi: Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22 a-uy.
  • 📞 Telefon: +998555084400

🎓 Xalqaro Nordik Universiteti – bu kelajakdagi karyerangiz boshlanadigan joy.