Nordic International University talabalarga xalqaro hamkorliklar orqali global imkoniyatlar yaratadi. Universitet Finlandiya, AQSH, Koreya, Malayziya, Italiya va Polsha kabi hamkor universitetlar bilan ishlaydi.
Nordik Xalqaro Universitetida yangi o‘quv yili 15-sentyabrdan boshlanadi. Talabalar double degree, 2+2 va 3+1 dasturlari orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi nufuzli universitet diplomini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Yozgi “Work and Travel” dasturi orqali Xalqaro Nordik Universiteti talabalari AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega. Bu loyiha talabalarga til ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi madaniyatlarni o‘rganish va mustaqil hayot kechirishni o‘rganish imkonini beradi. Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va rasmiylashtirilgan yo‘nalishlar orqali talabalar har yili yozgi ta’til vaqtida chet elda vaqtincha ishlashlari mumkin.
Diplomning o‘zi yetarli emas. Xalqaro Nordik Universiteti sizga ikki diplom, xorijiy amaliyot, grantlar va zamonaviy bilimlar tizimini taklif qiladi. O‘zbekiston va xorijdagi kompaniyalarda ishlash, Work & Travel dasturi orqali 5000$ daromad topish — bularning barchasi Nordikda mumkin!
Respublikamizning 14 ta ma’muriy hududidan ilm olish maqsadida poytaxtimizga kelgan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari yana bir yangi, zamonaviy jihozlangan o‘quv binoda tantanali kutib olindi!